Javob emas, yechim
Har bir savolda qadamma-qadam yechim bor. Ilova to'g'ri javobni ko'rsatibgina qo'ymaydi — u qanday chiqqanini bosqichma-bosqich ochib beradi. Geometriya, fizika va biologiya savollarida chizmalar ham bor.
Mashq yo'li
Har fan mavzularga bo'lingan va ular ketma-ket ochiladi. Bir mavzuni tugatmaguningizcha keyingisi ochilmaydi. Bu tartib tasodifiy emas — imtihon dasturi shunday quriladi.
Sinov imtihoni
Matematika uchun tuzilma rasmiy spetsifikatsiyadan bir-bir olingan: 45 topshiriq, 150 daqiqa, №1–32 to'rt variantli, №33–35 moslashtirish, №36–45 ochiq javob. Bo'lim og'irliklari ham o'sha jadvaldan.
Qolgan fanlar uchun rasmiy hujjat hali qo'lda yo'q. Ular umumiy tuzilmada beriladi va ilova buni har bir fan kartochkasida ochiq belgilaydi. Imtihon tuzilmasini taxmin qilib «rasmiy» deb ko'rsatish o'quvchini chalg'itadi.
Halol raqamlar
Ilovada o'ylab topilgan statistika yo'q. Seriyangiz nol bo'lsa — nol ko'rsatiladi. Reyting bo'sh bo'lsa — bo'sh ko'rsatiladi. Kalibratsiya ma'lumoti yo'q ekan, «tayyorlik bali» ham o'ylab chiqarilmaydi. Ko'rayotgan har bir raqam — sizning haqiqiy natijangiz.
Progress yo'qolmaydi
Apple ID yoki Telegram orqali hisob ulasangiz, telefoningizni almashtirsangiz ham progressingiz qaytadi. Ulash ixtiyoriy — ulanmasa ham ilova to'liq ishlaydi.